Trampdan yangi signallar, Hormuzda kemalar harakati keskin kamaydi

84 04:46 | 10.09.2026 04:46

So‘nggi kunlarda AQSh atrofida bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim voqea ro‘y bermoqda. Ular tahlil qilinsa, Vashingtonning tashqi siyosati va dunyodagi geosiyosiy vaziyat tobora keskinlashayotgani ma’lum bo‘ladi. Ular orasida yaxshi xabarlardan biri shuki, AQShga kirish uchun 75 ta davlat fuqarolarining immigratsiya vizalari qayta ko‘rib chiqila boshlandi.

Ular orasida Rossiya ham bor.
Biroq hozircha arizalarni qabul qilish faqat Vengriya va Polshada amalga oshirilishi aytilmoqda.

Germaniya birinchi F-35A samolyotini sinovdan o‘tkazdi

AQShda Germaniya harbiy havo kuchlari uchun ishlab chiqarilgan birinchi F-35A Lightning II qiruvchi samolyoti ilk bor parvoz qildi.
Bu Germaniyaning harbiy salohiyatini kuchaytirish va NATO doirasida havo mudofaasini modernizatsiya qilish rejalarining muhim qismlaridan biri.

Trampning Islandiya xaritasi mojaroga sabab bo‘ldi

Donald Trampning Truth Sosial tarmog‘ida AQSh bayrog‘i ostidagi Islandiya xaritasi aks etgan tasvirni joylashtirishi Islandiya hukumatining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.
Islandiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh elchisini chaqirib, postni «mutlaqo nomaqbul» deb baholadi.

Bu voqea Trampning Grenlandiya va Arktika mintaqasiga nisbatan avval bildirgan da’volari Yevropa davlatlarida hali ham jiddiy xavotir uyg‘otayotganini ko‘rsatmoqda.

Hormuz bo‘g‘ozida esa vaziyat yanada jiddiy

Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlik dunyo iqtisodiyoti uchun eng katta xavflardan biriga aylanmoqda.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati keskin kamaygan. Seshanba kuni bo‘g‘ozdan atigi 6 ta tovar tashuvchi kema o‘tgan. Bu ko‘rsatkich oldingi kunga nisbatan ham kam va so‘nggi 10 kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha past.

Muammoning jiddiyligi shundaki, urushdan oldin Hormuz bo‘g‘ozi orqali jahon neft va suyultirilgan gaz ta’minotining qariyb 20 foizi o‘tar edi.

Eron va AQSh o‘rtasidagi so‘nggi hujumlardan keyin esa neft narxi yana 100$ dan oshdi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Brent nefti 101$ dan yuqoriga ko‘tarilgan.


Zebo Namozova,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid